
Evropaning eng yaxshi sakkizligi
“Atletiko”, “Bavariya”, “Barselona”, “Borussiya Dortmund”, “Lester”, “Monako”, “Real” va “Yuventus” jamoalari EChL chorak finaliga chiqishdi va “ko‘hna qit’a”ning eng kuchli sakkiz jamoasi qatoriga kirishdi. Biz esa ushbu klublar tarkibida bu mavsum EChLda eng ko‘p asosiy tarkibda tushgan va umuman turli xil statistikalarni to‘pladik.
“Atletiko”(Ispaniya)
Bu mavsum: 8 o‘yin, 6 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, 1 durang, to‘plar nisbati 11-4
Eng ko‘p asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar: Oblak; Vrsalko, Godin, Savich, Filipe Luis; Saul, Gabi, Koke, Karrasko; Grizmann, Gameyro
So‘nggi bor chorak finalda: 2015/16 mavsumda o‘ynagan(“Barselona” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:2 hisobida mag‘lub etilgan)
Chorak finaldagi natijalari: 5 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat(ikki o‘yin natijasiga ko‘ra)
Eng yaxshi to‘purar: Antuan Grizmann (4)
Eng yaxshi assistent: Antuan Grizmann (2)
“Bavariya”(Germaniya)
Bu mavsum: 8 o‘yin, 6 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat, 0 durang, to‘plar nisbati 24-8
Eng ko‘p asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar: Noyer; Lam, Xummels, Martines, Alaba; Vidal, Tyago Alkantara, Alonso; Robben, Levandovski, Duglas Kosta
So‘nggi bor chorak finalda: 2015/16 mavsumda o‘ynagan (“Benfika” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:2 hisobida mag‘lub etilgan)
Chorak finaldagi natijalari: 18 g‘alaba va 9 mag‘lubiyat
Eng yaxshi to‘purar: Robert Levandovski (7)
Eng yaxshi assistent: Tyago Alkantara, Duglas Kosta (2)
“Barselona”(Ispaniya)
Bu mavsum: 8 o‘yin, 6 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat, 0 durang, to‘plar nisbati 26-9
Eng ko‘p asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar: ter Stegen; Serxi Roberto, Pike, Maskerano, Alba; Buskets, Rakitich, Iniesta; Neymar, Suares, Messi.
So‘nggi bor chorak finalda: 2015/16 mavsumda o‘ynagan (“Atletiko”dan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan)
Chorak finaldagi natijalari: 14 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat
Eng yaxshi to‘purar: Lionel Messi (11)
Eng yaxshi assistent: Neymar (8)
“Borussiya Dortmund”(Germaniya)
Bu mavsum: 8 o‘yin, 5 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, 2 durang, to‘plar nisbati 25-10
Eng ko‘p asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar: Byurki; Piщek, Papastatopulos, Bartra; Shmeltser, Gerreyru, Vaygl; Pulishich, Kastro, Dembele; Obameyang
So‘nggi bor chorak finalda: 2013/14 yilgi mavsumda o‘ynagan(ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:3 hisobida “Real”ga mag‘lub bo‘lgan)
Chorak finaldagi natijalari: 4 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat
Eng yaxshi to‘purar: Per-Emerik Obameyang (7)
Eng yaxshi assistent: Usmon Dembele (4)
“Lester”(Angliya)
Bu mavsum: 8 o‘yin, 5 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat, 1 durang, to‘plar nisbati 10-8
Eng ko‘p asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar: Shmeyxel; Simpson, Morgan, Xut, Fuxs; Maxrez, Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton; Okazaki, Vardi
Chorak finaldagi natijalari: ilk bor ishtirok etmoqda
Eng yaxshi to‘purar: Riyad Maxrez (4)
Eng yaxshi assistent: Riyad Maxrez (2)
“Monako”(Frantsiya)
Bu mavsum: 8 o‘yin, 4 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat, 2 durang, to‘plar nisbati 15-13 (saralash bosqichi inobatga olinmagan)
Eng ko‘p asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar: Subashich; Sidibe, Glik, Jemerson, Mendi; Fabino, Bakayoko, Lemar; Bernardu Silva, Falkao, Mbappe
So‘nggi bor chorak finalda: 2014/15 yilgi mavsumda o‘ynagan (ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 1:0 hisobida “Yuventus”ga imkoniyat boy berilgan)
Chorak finaldagi natijalari: 2 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat
Eng yaxshi to‘purar: Radamel Falkao (4)
Eng yaxshi assistent: 5 nafar futbolchi bir martadan assistant bo‘lgan
“Real”(Ispaniya, amaldagi chempion)
Bu mavsum: 8 o‘yin, 5 g‘alaba, 0 mag‘lubiyat, 3 durang, to‘plar nisbati 22-12
Eng ko‘p asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar: Navas; Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo; Kroos, Xames Rodriges, Modrich; Beyl, Benzema, Ronaldu
So‘nggi bor chorak finalda: 2015/16 yilgi mavsumda o‘ynagan(ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Volfsburg” 3:2 hisobida mag‘lub etilgan)
Chorak finaldagi natijalari: 27 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat
Eng yaxshi to‘purar: Karim Benzema (5)
Eng yaxshi assistent: Krishtianu Ronaldu (6)
“Yuventus”(Italiya)
Bu mavsum: 8 o‘yin, 6 g‘alaba, 0 mag‘lubiyat, 2 durang, to‘plar nibati 14-2
Eng ko‘p asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar: Buffon; Dani Alves, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro; Pyanich, Xedira; Kuadrado, Dibala, Mandjukich; Iguain
So‘nggi bor chorak finalda: 2014/15 yilgi mavsumda o‘ynagan(“Monako” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 1:0 hisobida mag‘lub etilgan)
Chorak finaldagi natijalari: 11g‘alaba va 5 mag‘lubiyat
Eng yaxshi to‘purar: Gonsalo Iguain (3)
Eng yaxshi assistent: Miralem Pyanich (2)
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar