“Lokomotiv”ning bo‘lajak raqibi “Al-Tavon haqida faktlar

  • 18 fevral, 2017, 09:11
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi 20 fevral kuni Saudiya Arabistonida mahalliy “Al-Tavun” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Biz bo‘lajak o‘yin oldidan raqib jamoa haqidagi ayrim faktlar bilan tanishtiramiz.

“Nasaf”ning ChLdagi ishtirokiga oid faktlar

1. “Al-Tavun” jamoasi 1956 yilda “Ash-Shabab” nomi ostida tashkil etilgan bo‘lib, jamoaga Solix al-Vabili asos slogan;

2. Tashkil etilganidan 4 yil o‘tib jamoa professional maqomini oladi;

3. Jamoa asosan faoliyatini mamlakatda nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi – Saudiya Arabistoni birinchi ligasida yuritgan;

4. Buraida shahri sharafini himoya etuvchi “Al-Tavun” mazkur musobaqada bir bor g‘olib chiqqan va ikki bor ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan;

5. Jamoa 2010-11 yilgi mavsumdan e’tiboran Saudiya Arabistoni Pro ligasida to‘p surib kelmoqda;

6. Klub mazkur turnirdagi eng yaxshi natijasini o‘tgan mavsumda qayd etgan – 4 o‘rin;

7. Bundan tashqari 1990 yilda Qirol kubogi finaliga qadar etib borgan “Al-Tavun” hal qiluvchi bahsda “Al-Nasr”ga imkoniyatni boy bergan;

8.  “Al-Tavun” o‘z uy uchrashuvlarini 23 mingdan ziyod o‘rindiqqa ega bo‘lgan “Qirol Abdulla” stadionida o‘tkazib keladi;

9. Jamoa o‘yida sariq, mehmondagi bahslarda esa qora rangli liboslarda maydonga tushadi;

10. Jamoa tarixida ilk bor o‘z omadini xalqaro maydonda sinab ko‘radi;

11.  Klubga 2016 yilning 16 oktabridan buyon “Espanol” sobiq bosh murabbiyi rumyniyalik Konstantin Gylke ustozlik qilib kelmoqda;

12. Uning boshchiligida jamoa chempionatda 18 o‘yindan so‘ng 24 ochko to‘plagan;

13. Shahzoda kubogidagi yurish 1/16 finaldayoq yakunlangan bo‘lsa, Qirol kubogida jamoa 1/8 finalga yo‘l oldi;

14. Jamoa sardori suriyalik Jixod al-Xusayn sanaladi. Ma’lumot uchun, 34 yoshli futbolchi 2014 yildan buyon buraidaliklar safida to‘p surib keladi;

15. “Al-Tavun” tarkibida 6 ta legioner mavjud. Bular Munir al-Xamdaui(Marokash), Rikardo Makado(Portugaliya), Alessandro N’Diae(Frantsiya), Lusian Sanmartin(Rumyniya), Sandro Manuel(Braziliya) va Jixod al-Xusayn(Suriya).

16. Jamoa to‘purari marokashlik al-Xamdaui sanaladi. “Ayaks”ning sobiq forvardi hisobida 5 ta gol mavjud.

17. Portugaliyalik himoyachi Rikardodan esa standart vaziyatlardarda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Boisi, 28 yoshli futbolchi himoyachi bo‘lishiga qaramay bu mavsum 4 ta to‘p kiritishni uddalagan.

Tavsiya etamiz: 

EChL tarixidagi eng yaxshi assistentlar. Top-5

EChLda eng ko‘p gol kiritgan 5 frantsuz

EChLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan “Real” futbolchilari

EChL: Tug‘ilgan kunida “dubl” qilganlar

“Metin himoya – muvaffaqiyat kafolati”mi?

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!