
Legionerlarimiz dam olish kunlari qanday o‘ynashdi?
Yaxshi bilasiz biz har hafta avvalida xorijda to‘p surayotgan legionerlarimiz haqida ma’lumot berib bormoqdamiz. Bugun ham ushbu an’anaga sodiq qolgan xolda, dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda legionerlarimiz qanday o‘ynashgani haqida ma’lumot beramiz.
- “Portu”ning qimmatbaho sotuvlari
- Bizga titul homiy kerak emas…
- Mundial nimaligini bilmagan yulduzlar
Rossiya
Rossiya Premer-ligasi 20-turida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vadim Afonin to‘p surayotgan “Orenburg” klubi safarda “Anji” mehmoni bo‘ldi. Mazkur uchrashuvla Aleksandr Prudnikov tomonidan kiritilgan yagona gol “Anji”ga 3 ochko keltirdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi 90 daqiqa to‘liq o‘ynadi. Mazkur o‘yindan keyin “Orenburg” 16 ochko bilan 13-pog‘onani egallab turibdi.
20-turda Moskva derbisi ham bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonida turnir peshqadami bo‘lgan “Spartak”ni qabul qilgan “Lokomotiv” yakunda raqibi bilan murosa ko‘chasini tanladi - 1:1. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov o‘yinda moskvalik “temiryo‘lchilar” safida to‘liq harakat qildi. Ammo olingan ma’lumotlarga ko‘ra Denisov mazkur bahsda jaroxat olgan va terma bilan Malayziyaga bormagan. Vityaga esa muhim o‘yin oldidan salomatlik tilab qolamiz.
Rossiya birinchi divizionida 27-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tur doirasida hamyurtimiz Bobur Davlatov to‘p surayotgan “Nefteximik” klubi o‘z maydonida “Volgar” jamoasini qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuv esa mezbonlar hisobiga 2:0 natijasi bilan yakunlandi. O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Davlatov esa 5-daqiqadayoq urilgan golga hammalliflik qildi.
Shuningdek ushbu tur doirasida Vagiz Galiulin to‘p suruvchi “Tosno” ham mehmonda “Enisey”ga qarshi bahs olib bordi va bu o‘yin ham hamyurtimiz jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Biroq, bu o‘yinda Galiulin zaxirada qoldirildi.Mazkur turdan so‘ng, Davlatovning jamoasi turnir jadavalida 19, Galiulin to‘p suradigan “Tosno” esa 2-o‘rinni egallab turibdi.
Qozog‘iston
Qozig‘iston Premer Ligasi 3-tur bahslari o‘z yakuniga etdi. Ushbu tur doirasida Shavkat Salomov to‘p surayotgan “Atirau” o‘z maydonida “Irtish”ni qabul qilgan bo‘lsa, Aleksandr Geynrix to‘p suradigan Chimkentning “Ordabasi” jamoasi mehmonda “Aktobe” bilan kuch sinashdi. Ushbu bahslarda Shavkat Salomov o‘z jamoasi safida asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daiqa harakat qilgan bo‘lsa, Aleksandr Geynrix o‘yin qaydnomasiga ham kiritilmadi. Qayd etish lozim, “Atirau” o‘z maydonida “Irtish”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, “Ordabasi” mehmonda xuddi shunday hisobda g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ayni vaqtda Salomovning jamoasi jarima ballari tufayli turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Geynrixning “Ordabasi” klubi 2-o‘rinda bormoqda.
Serbiya
Hamyurtimiz Husniddin G‘ofurov faoliyat yuritadigan “Yavor” klubi Serbiya Superligasining 27-turida “Metalats” jamoasini qabul qildi. G‘ofurov 90 daqiqa o‘ynagan mazkur bellashuvda “Yavor” raqibini minimal hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Yaponiya
Fozil Musaev to‘p suradigan “Jubilo Ivata” jamoasi J liganing 4-turida “Vissel Kobe” mehmoni bo‘ldi va ortga 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytadigan bo‘ldi. E`tiborlisi, Samvel Babayanning nazariga tushmagan Musaev ushbu bahsda maydonda to‘liq harakatlandi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng “Jubilo Ivata” J ligada 18 jamoa orasida 11-o‘rinni egallab turibdi.
Shuningdek, hafta o‘rtasida J liga kubogi turniri ham bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonida “Konsadole Sapporo” jamoasini qabul qilgan “Jubilo” mazkur bellashuvda raqibga 0:2 hisobida imkoniyatni boy beradi. O‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlagan Musaev 60-daqiqada zahiraga olingan edi, o‘sha bahsda.
Janubiy Koreya
Janubiy Koreyada nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turadigan ligada faoliyat yuritadigan “Ansan Griners” jamoasi bu turda o‘z maydonida “Anyang”ni qabul qildi. O‘yinda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. “Ansan” tarkibida to‘p suradigan Bahodir Nasimov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 84-daqiqada zahiraga olindi. Ayni vatqda Nasimov va uning jamoasi turnir jadvalida 10 jamoa orasida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
- EChLdan maktabdagi imtihon muhim!!!
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar