Meksika to‘qnashuv oldidan O‘zbekistonning ikki qurolidan xavotirda: Biri Shomurodov, ikkinchisi...

  • 8 sentabr, 2023, 08:22
  • 8
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2024 yilning yanvar-fevral oylarida Qatar stadionlarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyogarlikning navbatdagi bosqichini AQShda o‘tkazmoqda.

Tajribali murabbiy Srechko Katanets shogirdlari xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida mezbonlar va Meksika terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.

IMG_0724

Xususan, 9 sentyabr kuni Sent-Luis shahridagi “Siti Park” arenasida O‘zbekiston milliy term jamoasi AQSh vakillariga qarshi bahs olib boradi. 12 sentyabr kuni hamyurtlarimiz Atlanta shahridagi “Mersedes Bents” stadionida Meksika terma jamoasiga qarshi saf tortadi.

ESPN nashriga tegishli https://espndeportes.espn.com sayti Meksika terma jamoasi sentyabr oyida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadigan Avstraliya va O‘zbekiston terma jamoalarining ustun jihatlariga to‘xtaldi.

Avstraliyaliklar Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olganini inobatga olib, Sports.uz portali nufuzli nashr ekspertlarining xulosasini ham o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola etishga qaror qildi.

- FIFA kunlari doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadigan Meksika Avtsraliya va O‘zbekiston terma jamoalarining Evropada o‘ynaydigan tajribali futbolchilari borligiga jiddiy e’tibor qaratishi kerak.

Avstraliya bilan o‘yinda darvozabon Metyu Rayanni alohida ajratib ko‘rsatishi mumkin. U “ko‘hna qit’a”ning bir necha jamoalarida tajriba oshirgan. “Arsenal”, “Real Sosedad” darvozasini qo‘riqlagan posbon hozir Niderlandiya chempionatida “AZ Alkmaar” jamoasi sharafini himoya qilyapti.

Metyu Rayan Braziliya, Rossiya va Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatlari qatnashchisi hisoblanadi.

ec5cc66c54e3088e8fdd68b69a467

Ajdin Xrustik avstraliyaliklarning bugungi kundagi eng kuchli o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. U Germaniyaning “Ayntraxt”  jamoasi bilan 2022 yili Evropa ligasida g‘olib chiqdi. Ayni paytda 27 yoshli charm to‘p ustasi Italiyada “Verona” uchun o‘ynamoqda, - deb  yozdi ESPN nashri.

Ushbu manba ekspertlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchilaridan ham ikki nafarini alohida ajratib ko‘rsatdi.

Ular biri milliy terma jamoamizning eng mashhur o‘yinchisi Eldor Shomurodov ekani aniq.

- O‘zbekistonning eng xavfli quroli hujum chizig‘ida. Terma jamoada Evropada tajriba oshirgan o‘yinchilar bor. Ular orasida hujumchi Eldor Shomurodovni ko‘zdan qochirmaslik kerak. 28 yoshli hujumchi Rossiyada “Rostov”da o‘ynagan. Faoliyatining salmoqli qismi Italiya futboliga to‘g‘ri kelmoqda. Eldor “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya”da o‘ynagan. Hozir “Kalyari” a’zosi.

E’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yana bir o‘yinchi Jasurbek Yaxshiboevdir. U o‘z davrida Tiraspolning “Sherif” va Varshavaning “Legiya”jamoalari o‘yinchisi bo‘lgan. Ayni paytda O‘zbekiston Superligasida Namanganning “Navbahor” jamoasi uchun o‘ynayapti.

Bu fubolchi “Legiya”da Polsha, “Shaxtyor”da Belarus chempioni bo‘ldi, - deb yozdi ESPN nashri vakillari.

uzb_tjk_sports_uz-36

Darhaqiqat, Jasur Yaxshiboevning “Sherif” safida o‘ynagan paytda Evropa Chempionlar ligasida Santyagu Bernabeuda “Real” darvozasini ishg‘ol qilganini hali hamon muxlislar ham. Mutaxassislar ham unutgani yo‘q.

“Kalyari” yanvarda Shomurodovni qo‘yib yuboradi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!

Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!

Shomurodov transferi o‘zini oqlaydimi?

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ал хилол
08/09/2023 13:44
Шомуродовга йул булсин,италиядан хайдаб юборишади якинда бу кетишда.
Музаффар Ниязов
08/09/2023 07:54
Бу тж лар кимдандур хавотир олиб
Утирадиган жамоалар эмас
&
ibroximmm
08/09/2023 19:00
Прикол килган улар психологичиский нападения
&
Dili
08/09/2023 16:45
Элдордан куркяпти бу бизи Месси яшасин.Курк Акш Мексика Узбеклар боряпти хиссоб 0_-3 еки 0' 6
Oybek Abdusattorov
08/09/2023 09:29
Qoʻrqmanglar jasur yahshiboyev yoʻq tarkibda
&
Liverpool-Afzal
08/09/2023 09:17
Яхшибоев бормидику
Ilhomjon Feyz
08/09/2023 06:09
Хечам хавотирдамасде
&
Nazarovsodiq
08/09/2023 04:36
Яхшибоев таркибда йук