O‘zbekistonning Eronga qarshi o‘yini Evropa va Osiyo mamlakatlarida qanday baholandi?

  • 22 noyabr, 2023, 17:01
  • 4
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati Osiyo qit’asi saralash guruhida Eron futbolchilari bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Toshkentdagi uchrashuvda Srechko Katanets shogirdlari birinchi bo‘limda ikkita to‘p o‘tkazib yubordi. Biroq tanaffusdan keyin terma jamoamiz raqibni bosim ostida ushladi va mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Dunyo mamlakatlarida futbolni yoritayotgan manbalar Osiyo futbolidagi eng shiddatli qarama-qarshiliklardan biri – O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi uchrashuvga ham e’tibor qaratdi.

IMG_1072

Sports.uz portali ushbu bellashuv natijasini yoritgan manbalar ma’lumotlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.

Italiya

TUTTOCAGLIARI.NET:

2026 yilgi jahon chempionatining Osiyo qit’asidagi saralash turnirida “Kalyari” hujumchisi Eldor Shomurodov etakchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi kuchli raqib – Eron futbolchilarini to‘xtatib qoldi. Eldor Shomurodov uchrashuvni hujum markazida boshladi. O‘yinda “Inter”ning transfer nishoni bo‘lgan Taremi ham gol urdi. Gonkong va Turkmaniston terma jamoalari ham o‘ynayotgan ushbu guruhda Eron va O‘zbekiston etakchilik qilmoqda. Guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga chiqadi.

Frantsiya

LE11HDF.FR:

Jahon chempionatining Osiyo mintaqasidagi saralash turnirida “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanov Eron bilan bo‘lgan uchrashuvda juda kam o‘ynadi. O‘zbekiston terma jamoa murabbiylar shtabi uni o‘yinning so‘nggi daqiqalarida maydonga tushirdi. Himoyachi 2:2 hisobini ushlab qolishga yordam berdi.

Eron

MEHRNEWS.COM:

Eron terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining saralash musobaqasida O‘zbekiston bilan safarda 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar darvozaboni O‘tkir Yusupov Ramin Rizoyon zarbasini qaytara olmadi. 38-daqiqada Mehdi Taremi hisobni 2:0 qildi.

Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston milliy terma jamoasi raqibdan ancha yaxshi o‘ynadi va hisobni tenglashtirdi. 52-daqiqada Oston O‘runov va o‘yin yakunlanishiga etti daqiqa qolganida Igor Sergeev to‘p kiritdi.

Bu natija tufayli har ikki jamoa 2024 yilning mart oyiga belgilangan keyingi tur uchrashuvlariga guruh peshqadami sifatida kirib borishini ta’minladi.

IMG_1086

Rossiya:

EURO-FOOTBALL.RU:

Toshkentdagi uchrashuvda guruh favoritlari o‘zaro to‘qnash keldi. O‘zbekiston ham, Eron ham 2026 yilgi jahon chempionati saralashini g‘alaba bilan boshlagan edi. Bu guruhdan keyingi bosqichga Eron va O‘zbekiston chiqishiga hech kim shubha qilmaydi. Ular qay birlari birinchi o‘rinni egallashini asosan o‘zaro uchrashuvda hal qilib olishi lozim.

O‘zbekiston milliy terma jamoasida ko‘pchilikning e’tibori Rossiya Premer-ligasida o‘ynagan Eldor Shomurodov va Oston O‘runovga qaratildi. Eron o‘zining eng mashhur yulduzlari – Mehdi Taremi va Sardor Azmunga tayanib o‘ynadi.

Dastlab eronliklar ikkita gol urgan uchrashuvning ikkinchi yarmida o‘zbeklar hammasini o‘zgartira oldi. Mehmonlar g‘alabani ushlab qolish harakatlarini ancha erta boshlab yubordi. Bu ularga qimmatga tushdi. Oston O‘runov Eldor Shomurodovning pasidan keyin hisobdagi farqni qisqartirdi. Keyin Igor Sergeevga golli pas uzatdi.

Guruh etakchilari to‘qnashuvida jangovar durang qayd etildi. Har ikki jamoa o‘yinning ayrim pallalarida yorqin futbol ko‘rsatdi. Ular bir biriga munosib raqib ekanini yana bir karra isbotladi.

Qozog‘iston

SPORTS.KZ:

O‘zbekiston jahon chempionati saralash uchrashuvida sensatsion kambekni amalga oshirdi. “E” guruhining Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi eronliklarni qabul qildi. O‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Maydon egalari birinchi bo‘limdan keyin 0:2 hisobida ortda qolayotgan edi. Keyin Oston O‘runov 52-daqiqada hisobni qisqartirdi. “Tobol” va “Aktobe” jamoalarining sobiq hujumchisi Igor Sergeev zaxiradan maydonga tushib, 83-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

IMG_1109

Ta’kidlash joizki, Eron terma jamoasi o‘yindan oldin fovarit sifatida e’tirof etilgandi.

“Chelsi”da porlagan futbolchi Fayzullaevga baho berdi

Agent: TsSKA bu narxga Fayzullaevni bermaydi!

Fayzullaev Evropada o‘ynashga tayyormi?

“Kalyari”dan Shomurodovga yaxshi xabar

Shomurodov qaysi terma jamoalarga nechta gol urgan?

Fayzullaev braziliyaliklarni hayratga soldi

Fayzullaev Evropadan yaxshi taklifni rad etmaydi!

Shomurodov eng oxirida, Husanov esa yo‘q!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
22/11/2023 10:06
Ассалому алайкум. 1 хафта ичида терма жамоаларимиз уртасида 3 та камбек курдик. 1- ИСПАНИЯ -УЗБЕКИСОН 0-2 дан 2-2 га. 2-ТУРКМАНИСТОН-УЗБЕКИСТОН 1-0 дан 1-3 га 3-УЗБЕКИСТОН-ЭРОН 0-2 дан 2-2га. Навбат бугун 4-камбекка насиб этса. АНГЛИЯ-УЗБЕКИСТОН.
Норов Абдужалил
22/11/2023 17:25
Мана 4-камбек хам булди. Гарчи ёшларимиз ортда боришмаган булсада. Хар холда хисобни ушлаб чорак финаога чиккан ягона Осиё жамоаси булди.
Норов Абдужалил
22/11/2023 17:23
Бизни ёшларимиз тушган гурух энг кучлилар экан. Гурухимиздаги 3 та команда хам чорак финалга чикди.
Abdunazarov Suxrob
22/11/2023 10:58
Balli, Yigitlarga gap yo'q!
Omadlarini bersin!