“Qahramonmi” yoki “Masxaraboz”? Asadxo‘janing “qilig‘i” muhokama qilinmoqda!

  • 14 may, 2023, 23:59
  • 3
  • Boks

Toshkentdagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga birinchi oltin medalni og‘irligi 67 kilogrammagacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida barcha raqiblarini katta ustunlik bilan enggan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev keltirdi.

Hal qiluvchi final bahsida o‘zbek bokschisi qozog‘istonlik raqibi Dulat Bekbauovni ochkolar hisobida mag‘lub etdi. Zarbalar hisob-kitobini olib borgan hakamlarning barchasi Asadxo‘janing g‘alabasini qayd etdi.

Final jangini oxirlarida bir vaziyat ko‘plab muxlisu mutaxassislar e’tiborini tortdi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaevning raqibi unga aniq zarba bera olmagan vaziyatda hamyurtimiz tribunadan uni qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarga qo‘lini ko‘tardi. Tabiiyki, bu holat tomoshabinlarni jumbushga keltirdi.

nagradeniya_asad-14

Xalqaro boks uyushmasi (IBA) aynan mana shu vaziyat aks etgan videolavhani o‘z ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi. Kanal obunachilari o‘rtasida mana shu vaziyat keng muhokama qilinmoqda.

Sports.uz portali e’tiboringizga boks ishqibozlari bildirgan firk-mulohazalarni havola etadi.

“Bunga dizlayk bosish mumkin”.

“Dulat yutdi”.

“O‘zbek velosipedchi ekan”.

“Raqibga hurmatsizlik!”.

“O‘zbek shunchaki zo‘r”.

“O‘zbeklar kalla qo‘ydi”.

“O‘zbek birodarlarimizna tabriklar, hammasi adolatli bo‘ldi”.

Hurmatli qozoq birodarlar! Iltimos, bu dangda bizning hamyurtimiz aniq ustunlik bilan sizlarning bokschingizni yutganini tan oling!”

“O‘zbek g‘alaba qozondi, ba’zan tan olishimiz ham kerak”.

“Masxaraboz”.

“Jangda bunaqa qiliq uchun ogohlantirish berish kerak”.

“O‘zbek yutdi, lekin raqibga hurmati yo‘q ekan”.

“Oddiyroq bo‘laver”.

“Qahramon”.

“Chiroyli yutqazdi, o‘zbek bir bosh ustun ekan, tan olishimiz kerak”.

“Hakam nega ogohlantirish beryapti? O‘zini butun jang davomida qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga javob berdi. Qaysi qoidani buzdi?”.

final_asadkhuja-03

Hurmatli boks muxlislari, siz O‘zbekiston terma jamoasining boks bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokini qanday baholaysiz?

Fikringizni izohlarda qoldiring.

Printsipial raqib Bibosinov jahon chempioni bo‘lgan Hasanboy Do‘smatovga nima dedi?

Oz vaqt qoldi: Yana qaysi bokschilarimiz jahon chempioni bo‘ladi?

Jahon chempionati: Kim qancha oltin medal oldi?

Qozoq bokschisi Asadxo‘jaga toza yutqazganini tan oldi!

Jalolov va Kunkabaev o‘rtasida 12 raundlik professional jangni kutilyapti

Yana Bahodir Jalolov haqida...

Jalolov: Birgalikda chempionlikka erishamiz!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Boks
15/05/2023 07:57
Аъло, олдинга куйилган вазифа уддаланди. Тренерлар тоионидан тактика тугри куйилди ва мана натмжа.
&
Socceruzb
14/05/2023 22:00
Икки хил ҳис туйғу. Бир тарафдан албатта иккинчи марта умумжамоа ҳисобида биринчи ўринни олдик. Лекин бошқа тарафдан финалда битта қозоқни ютиб иккитасига бой бердик. Барча давр олтин медаллари бўйича ҳалиям қозоқлардан ортдамиз. Қозоқларда 18 та олтин, Ўзбекистонда 14 та. Агар ўша 2 та қозоқни хам финалда ютганимизда олтинларимиз 16 тадан бўларди.
&
Botirjon Ovloqulov
14/05/2023 23:23
Ulardan albatta oʻtib ketamiz