Qudratillo Abduqahhorov va Sergey Lipinetsning jang sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 03.10.2020 09:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabar berib o‘tganimizdek, professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov (17-0,9 KO) 10 oktyabr kuni rossiyalik Sergey Lipinetsga (16-1,12 KO) qarshi IBF muvaqqat kamari uchun jang qilishi kerak edi. Biroq viza muammosi tufayli hamyurtimiz AQShga o‘z vaqtida etib bora olmaydigan bo‘ldi. Shuning uchun, nafaqat yurtdoshimiz va rossiyalik bokschining to‘qnashuvi, balki barcha kard 24 oktyabrga ko‘chirildi. Bu haqida ESPN muxbiri Stiv Kim xabar bermoqda.

Avvalroq, Lipinets 10 oktyabr kuni Abduqahhorov o‘rniga afrikalik Kris Van Xeerdenga (28-2-1,12 KO) qarshi ringga ko‘tarilishi borasida ma’lum qilingandi. Biroq jang muddati bor yo‘g‘i ikki haftaga qoldirilgani munosabati bilan bu to‘qnashuv amalga oshmadi. 

Hamyurtimiz va rossiyalik charmqo‘lqop ustasi o‘rtasidagi jang AQShning Konnektikut shtati Ankasvill shahrida tashkil qilinadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!