O‘zbek qizining jangi nima uchun qoldirilgandi yoxud uning navbatdagi jang sanasi va raqibasi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonlik jangchi qiz O‘g‘iloy Nasimova 24 fevral kuni Qozog‘istonda “Oktagon” promousheni tomoidan tashkil etilgan MMA kechasida mezbonlar vakilasi Anastasiya Dyujikovaga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq, Almati shahri pandemiya sababli, vaqtinchalik “qizil hudud”ga aylantirilganligi va chetdan sportchilar kiritilmaganligi uchun bu to‘qnashuv tashkil qillinmadi.
Mazkur qarama-qarshilik baribir o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ya’ni, 17 mart kuni “Yirtqich” deya e’tirof etiluvchi vakilamiz ushbu raqibasi bilan yuqorida ta’kidlab o‘tgan promoushenning navbatdagi turnirida jang qiladi.
Ma’lumot uchun, Nasimova so‘ngi jangini 27 yanvar kuni Almati shahrida o‘tkazib, qozog‘istonlik Gulmira Sabirjonovani birinchi raundning o‘zidayoq mag‘lub etgandi.


Fikrlar