Feruza Kazakova yana bir favoritni musobaqadan chiqarib yubordi!

  • 28.09.2026 08:32
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Aichi-Nagoya shahrida Osiyo oʻyinlari davom etyapti.

-51 kg dagi vakilamiz Feruza Kazakova chorak finalda Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan shimoliy koreyalik An Kum Bёlga duch keldi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda Kazakova yuqori klass namoyish etib, yakunda 5:0 hisobida gʻalaba qozondi. Endi sportchimiz yarim finalda amaldagi Olimpiada chempioni, xitoylik Vu Yuga qarshi ringga koʻtariladi.

Maʼlumot uchun, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Aziza Zokirova va Natalya Bogdanova (Qozogʻiston) toʻqnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!