
Terma jamoa safida o‘zgarish! Legionerimiz o‘rniga "Paxtakor" futbolchisi tarkibga kiritildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
Bosh murabbiy Srechko Katanets mazkur yig‘in uchun tarkibni e’lon qilgandi. Ro‘yxatga kiritilgan Rustam Ashurmatov viza bilan bog‘liq muammo tufayli yig‘inda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Uning o‘rniga "Paxtakor"dan Marlen Chobanov tarkibga jalb etildi.
Ma’lumot uchun, "oq bo‘rilar" Gruziya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Fikrlar