Terma jamoa. Yana bir legionerimiz yig‘inga kela olmaydi. Uning o‘rniga "Qizilqum" futbolchisi chaqirildi

  • 9 noyabr, 2021, 10:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.

Tecno

O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, Belarus chempionatida harakat qilayotgan Shahboz Umarov ushbu yig‘inda ishtirok eta olmaydi. Legionerimiz koronavirus infektsiyasini yuqtirib olganligi bois, ro‘yxatdan tushirib qoldirilgan. Uning o‘rniga "Qizilqum" vakili Islom Kenjaboev jalb etildi. Avvalroq, Rustam Ashurmatov o‘rniga Marlen Chobanov tarkibga kiritilgandi.

Ma’lumot uchun, Katanets boshchiligidagi "oq bo‘rilar" 15 noyabr kuni Gruziya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!