Shatskixning 2 o‘yindayoq fikri o‘zgardi

  • 17 avgust, 2022, 11:13
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” bosh murabbiyi Maksim Shatskixning “So‘g‘diyona” bilan o‘yindan keyin aytgan fikrlari aylandi. Unda murabbiy hakamlarga keskin tarzda e’tiroz bildirib, agar voqealar shunday davom etsa, bunday chempionat bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmasligini aytdi.

Qiziq, yaqindagina kelgan Shatskixning Superligamiz borasidagi fikrlari ancha ijobiy edi. Buni qarang-ki, “sherlar” ustoziga aylanganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan Maksning qarashlari o‘zgardi. Nega? Biroz ortga qaytamiz.

25 iyul kuni “Paxtakor” klubi jamoaga yangi kelgan chernogoriyalik himoyachi Iliya Martinovich va bosh murabbiy Maksim Shatskixning tanishtiruv marosimini o‘tkazdi.

Unda murabbiy Superliga haqida quyidagilarni ma’lum qilgandi.

- Chempionat darajasi xalqaro maydon orqali belgilanadi. Lekin raqobat jiddiy kechmoqda. Chempionlik uchun kurashadigan jamoalar ko‘paygan. Demak, hammasi to‘g‘ri yo‘lda ketmoqda. Umuman olganda, har yili chempionatni kuzatib kelganman va hammasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilyapti, deb o‘ylayman, - dedi Shatskix.

Shatskix “Paxtakor”ga noilojlikdan kelganmi? O‘zbek futbolidagi shubhali murabbiylar kimlar? - Alisher Nikimbaev

20220725083851_IMG_9543

Maksim dastlabki rasmiy o‘yinini “Dinamo”ga qarshi o‘tkazdi. Samarqandliklar bilan bellashuvda toshkentliklar 3:2 hisobidagi qiyin g‘alabaga erishdi. Shundan so‘ng Shatskix hakamlar manziliga o‘zining kichik e’tirozlarini bildirdi.

- Odatda hakamlik haqida gapirmas edim. Ularning ishiga baho beradigan tashkilot mavjud. VAR ham bor. VARga vaqtning ko‘p sarflanishi tempni tushiradi. Maydonda hakamning borligi sezilmasligi kerak. Tezlik tushib ketsa, muxlislar ham zerikib qoladi, - dedi Shatskix.

Shundan so‘ng “Paxtakor” 6 avgust kuni 11-turdan qoldirilgan bahsda “So‘g‘diyona” bilan kuch sinashdi. Jizzaxdagi bellashuvda “sherlar” 2:2 hisobida durang qayd etishdi. Uchrashuvda poytaxtliklar vakili Odil Hamrobekov qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Shuningdek, o‘yin oxirlarida hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada mehmonlar darvozasiga penalti belgilandi. Ushbu voqealardan so‘ng Maks keskin fikr bildirdi.

- Hakamlar haqida gapirishni yoqtirmayman, lekin shunga majbur bo‘lyapmiz. Negadir ikki o‘yindan beri aqlga sig‘maydigan ishlar sodir bo‘lyapti. Bu holatlarni ko‘rib, muhokama qilamiz.

Siz O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga borishini xohlaysiz, lekin buni kutib yoshingiz o‘tib ketadi, nabiralaringizning ham kutishiga to‘g‘ri keladi. Futbolga bo‘lgan bunday munosabat hamda bu chempionat bilan mundialni ancha kutishingizga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun buni orzu qilmasangiz ham bo‘ladi, - dedi murabbiy.

photo_2022-07-25_14-01-38

Maksim Shatskixning tanishtiruv marosmida chempionat haqida aytgan gaplari ijobiy edi. Ammo kelganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan murabbiyning futbolimiz borasidagi fikri 2 o‘yindayoq o‘zgardi.

Umuman olganda, har tur hakamlar mavzuga aylanmoqda. Ammo hakamlar markazining xulosasi barchaga ayon. Bir narsa aniqki, hakamlik islohotlarga muhtoj.

Yana bir necha kundan so‘ng Superligada “yil o‘yini” bo‘lishi kutilayotgan “Navbahor” – “Paxtakor” bellashuvi o‘tkaziladi. Ushbu uchrashuvga eng yaxshi referilarni qo‘yilishi kerak. Chunki bosim juda yuqori bo‘ladi. Lekin qaysi hakamni? Xato qilmayotgan referi qoldimikin?

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
А689 НМ
05/09/2022 11:51
У Узбекистонга украинада уруш булмаганда келмасди чемпионатда йиги сиги ва хасратни кераги йук футбол уйнаш гол уриш ва галаба килиш керак унда булса факат хасрат.
Abbos Nosirov
19/08/2022 14:01
Ватан хоинику бу
&
grossmeester@mail.ru
17/08/2022 17:45
сиз эмас биз деб айт
кутишингиз эмас кутишимиз деб айт
нима сен шу ватанди фарзанди эмасмисан

Жабборов Ахмаджон
17/08/2022 12:14
Arpa in bacona devan gap not
Aziz Yuldashev
17/08/2022 12:13
Бекзод шу ўйинга камераларни кўпроқ қўйиш таклифини беринг масъулларга, жуда кўп бўлади бахсли вазиятлар.
Baxil Alihuja
17/08/2022 11:35
Эрматов шу уйин хаками булса яхши булар эди!