Srechko Katanets: "Kamerunga muammo tug‘dirmoqchi bo‘lsak, Iskanderov bizga yordam bera olmaydi"

  • 19 sentabr, 2022, 12:23
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘FA anjumanlar zalida MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanets ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda jamoamiz bosh murabbiyi nima uchun Superligamiz yulduzlari Jamshid Iskanderov va Jamshid Boltaboevni MTJ yig‘iniga chaqirmagani haqida gapirdi:

"Men Kamerunning o‘yinlarini kuzatdim. Siz-chi? Kuzatdingizmi? Men doim barcha futbolchilarni hurmat qilaman. Barchaning o‘z fikri bor. Ammo biz Kamerunga muammo tug‘dirmoqchi bo‘lsak, Iskanderov bizga yordam bera olmaydi. Men uning barcha o‘yinlarini kuzatmoqdaman.

Superliga darajasini hurmat qilgan holda aytishim mumkinki, Kamerunga qarshi bahs umuman boshqa daraja hisoblanadi. Ularning eng kichkina futbolchisi 180 sm. Bundan tashqari, ular jismonan kuchli, tezkor va ko‘p futbolchilari Evropa chempionatlarida harakat qiladi. 

Men jussasi biroz kichik futbolchilarimizni Osiyo Kubogidan oldin yig‘inga chaqirmoqchiman. Balki noyabrdagi mashg‘ulotlarga chaqirarmiz. Agar yana shunday imkoniyat bo‘lsa, mavjud futbolchilarning barchasiga imkoniyat beramiz. Noyabr oyida yana ikkida o‘rtoqlik o‘yini tashkil etamiz, o‘shanda bugun tarkibga jalb etilmagan o‘yinchilarni chaqirishimiz mumkin".

Srechko Katanets: "Superliga futbolchilari va legionerlarimizni kuzatdim, o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak"

Srechko Katanets nima uchun Oston O‘runov va Shahboz Umarovni MTJ yig‘iniga chaqirganini izohladi

"Terma jamoada raqobat bo‘lishi kerak emas" - Srechko Katanets

Katanets: "Masharipov, Shomurodov kabi futbolchilarga ko‘rsatma berish shart emas"

"Noyabrda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini tashkil etiladimi?" - Srechko Katanetsdan munosabat

"Ba’zi futbolchilar dimog‘dor bo‘lib qolgan" - Srechko Katanets ayrim iste’dodlarni tanqid qildi

Katanets: "Husain Norchaev ko‘proq yugurib, pressing qilishi kerak"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!