Eshitdingizmi? Yana bir futbolchimiz arab diyoriga yo‘l olishi mumkin

Bir necha kun oldin Oston O‘runov "Ural" bilan shartnomasini bekor qilgani haqida xabar bergandik.

Juda ko‘pchilik Ostonning Namanganga qaytishini taxmin qilmoqda, ammo vaziyat tamomila boshqacha. Saytimiz jurnalisti Jaloliddin Qobiljonovning ma’lum qilishicha, O‘runov faoliyatini arab klublarining birida davom ettirmoqchi. Agentlar bu uchun harakatni allaqachon boshlab yuborgan.

Avvalroq, "lochinlar" ustozi Samvel Babayan ham klubning Ostonga qiziqmayotganini ma’lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
31/10/2022 19:57
Бабаян молодец наконец - то признался