Neymar Mbappening holati haqida gapirdi

  • 14.02.2023 17:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Neymar Kilian Mbappening qaytgani borasida fikr bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina jarohat olgan hujumchi Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Bavariya"ga qarshi bellashuv uchun parijliklarning qaydnomasidan joy oldi. 

"U menga o‘zini yaxshi his qilayotganini aytdi. Kilian juda muhim, top darajadagi va ajoyib futbolchi. 

Biz (Mbappe va Messi) uchlik sifatida harakat qilganimizda, o‘zimizni kuchli his qilamiz", - dedi braziliyalik vinger. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!