"Jamoa meni tushunmay qo‘ygandi, No‘’mon Hasanov kelishini bilmagandim" - "Xo‘jand"dan iste’foga chiqqan murabbiy o‘rniga kelgan hamkasbi haqida nimalarni gapirdi?

  • 2 may, 2023, 23:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bo‘lsa kerak, Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasida bosh murabbiy o‘zgardi.

Mahalliy mutaxassis Rustam Xodjaev iste’foga chiqdi va o‘rniga hamyurtimiz No‘’mon Hasanov bosh murabbiy etib tayinlandi.

Sports.uz jurnalisti klubni tark etgan Xodjaevdan intervyu oldi.

- “Xo‘jand”dan iste’foga chiqshingizni qanda qabul qildingiz?

- Birinchi navbatda klub rahbariyatiga, futbolchilarga, butun jamoa ahliga birgalikda o‘tkazgan yillar uchun minnatdorchilik bildirishim kerak. Jamoaga qandaydir o‘zgartirish kerakligini tushunib etdim. Chunki ishlar sal boshqacha ketayotganiga guvoh bo‘la boshlagandim. Boz ustiga natijalar ham ko‘ngildagidek chiqmay qolgandi. O‘zim ham hammasidan so‘ng dam olishim kerakligini tushunib etdim. Men klubga faqat omad tilab qolaman.

rustam

- “Xo‘jand” 6 ta turda 1 g‘alaba, 4 durang va yana 1 mag‘lubiyat qayd etgandi. Shu natijalar iste’foingiz uchun etarli bo‘ldimi?

- Yo‘q, bilasizmi, klub ichida barchasi boshqacha kechayotganiga anmi bo‘ldim. Shu bois kutib o‘tirishni istamadim va ixtiyoriy ravishda iste’fo berdim. Yana qaytaraman: jamoaga bundan keyin faqat omad tilab qolaman. O‘ylaymanki, yangi murabbiy kelishi bilan barchasi yaxshi tomonga o‘zgara boshlasa kerak. Oxirgi paytlarda jamoa meni tushunmay qo‘yganini ko‘rgach, iste’fo berishim eng to‘g‘ri qaror bo‘lishiga amin bo‘ldim.

- O‘rningizga No‘’mon Hasanov bosh murabbiy etib tayinlandi. Siz uning kelayotganini bilarmidingiz?

- Birinchidan, jamoaga No‘’mon Hasanov kelishini bilmagandim. Bundan kuni kecha xabar topdim. Men uni tajribali murabbiy deb hisoblayman. U ilgari O‘zbekistonda to‘p surgan. So‘ngra, murabbiy sifatida ish boshlagan. O‘tgan yili u bizda ham bizda faoliyat yuritib, “Istaravshan” jamoasini boshqargandi. Unda albatta “Xo‘jand” bilan bog‘liq rejalari bo‘lsa kerak va bu ish berishi mumkin deb hisoblayman.

- Hasanov siz bilan klub haqida gaplashdimi?

- Yo‘q,yo‘q. No‘’mon Hasanov bilan “Xo‘jand” klubi haqida gaplashmadim.

- Ha, u oxirgi marta o‘tgan yili Tojikistonning “Istaravshan” klubini boshqargandi. Ammo jamoasi kuchlilar safini tark etgan...

- Hasanov ishlagan “Istaravshan”ning oxir-oqibat birinchi ligaga tushib ketgani unga kuchsiz murabbiy sifatida baho berishga asos bo‘la olmaydi. Ishdagi bunday holat istalgan, hatto top maqomdagi murabbiy bilan ham yuz berib turadi. Avvaliga murabbiy chempionatni yutsa, keyingi yili unvonni saqlab qolish uchun aziyat cheka boshlaydi. Bu murabbiylarning qismati. Ular keyinchalik boshqa klubga ko‘chib o‘tib, ishlab tanqidchilariga natijalar bilan javob bera boshlashadi. No‘’mon Hasanovning ishiga baho bera olmayman va “Xo‘jand”da boshlaydigan faoliyati qanday bo‘lishini taxmin ham qila olmayman. Axir u shundoq ham qaerga kelganini va o‘zidan nimalar kutishayotganini mening gaplarimsiz ham tushunib turgan bo‘lsa kerak. Unda natija qayd etish uchun etarli tajriba bor deb bilaman.

- Umuman olganda, yangi murabbiy haqida nimalarni ayta olasiz?

- Hamkasbim va unga baho bera olmayman. Bu umuman to‘g‘ri kelmaydi. Hasanovga ishida faqat omad tilab qolishim mumkin xolos.

rustam1

- No‘’mon Hasanov “Xo‘jand”da qanday natija ko‘rsatadi, deb o‘ylaysiz?

- No‘’mon vazifani bajara oladi yoki olmaydi, deyishim umuman to‘g‘ri kelmaydi. Faqat shuni bilamanki, “Xo‘jand”da yaxshi futbolchilar bor. Aftidan, har bir murabbiyda bo‘lgani kabi unda ham o‘ziga yarasha qarashlar bor. Biroq hozir transfer oynasi yopiqligi uchun Hasanovning ixtiyoridagi bor o‘yinchilardan foydalanishiga to‘g‘ri kelishi tayin.

- Oldingizga qanday reja bor?

- Hozir menda biror-bir variant yo‘q. Shunchaki, uyda dam olyapman. Menda ta’til boshlandi.

- Vaqt ajratganingiz uchun rahmat.

- Suhbat uchun sizga ham rahmat, ishlaringizda omad tilab qolaman.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!