
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga 2 futbolchi qo‘shildi (Foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11 dekabrdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Shu kungacha Srechko Katanets qo‘l ostida Superligada to‘p tepgan va xorijdagi ligada mavsumni yakunlangan futbolchilar shug‘ullanayotgandi. O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Rustam Ashurmatov va Abdurauf Bo‘riev yig‘inda ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga etib kelishdi.
Rustam Ashurmatov Rossiyaning "Rubin" klubi sharafini himoya qiladi. Abdurauf Bo‘riev esa "Olimpik" jamoasi a’zosi sanaladi.
Fikrlar