
"Neftchi" "Lokomotiv" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
"Neftchi" jamoasi yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun mahoratli futbolchi Jaloliddin Jumaboev "Neftchi" jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamizning himoya chizig‘ida harakat qiladigan bo‘ldi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, Jaloliddin Jumaboev o‘tgan mavsumni O‘zbekiston Pro ligasida Toshkentning “Lokomotiv” klubida o‘tkazdi. Futbolchi Pro ligada jami 18 uchrashuvda 1524 daqiqa harakat qilib, 3 gol urishni uddasidan chiqdi.
Fikrlar