OKMK yangi yildagi yangi transferini e’lon qildi

  • 01.01.2025 00:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

2024 yilni Navoiyning "Qizilqum" tarkibida o‘tkazgan darvozabon Xumoyunshoh Sayyotov yangi mavsumni rasman OKMK klubida o‘tkazadi.

22 yoshli darvozabon olmaliqliklar bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sayyotov o‘tgan yili "Qizilqum" tarkibida Superliga va Kubok bahslarida hammasi bo‘lib 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Ta’kidlash kerakki, OKMK yaqinda tark etgan posbon Valijon Rahimovning o‘rnini to‘ldirish uchun Xumoyunshohni taklif qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!