O‘zbekistonlik hakamlar boshqargan o‘yinda "Qizilqum" durang o‘ynadi

  • 15 fevral, 00:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antaliyada yig‘in o‘tkazayotgan “Qizilqum” klubi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bu safargi sparring-raqib Gruziyaning “Samgurali” jamoasi bo‘ldi.

Tecno

Mazkur o‘yinni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Shavkat Nasibullaev asosiy referi sifatida ishladi.

O‘yinda ikkala jamoa ham ehtiyotkorlik bilan o‘ynadi. Albatta, xavfli vaziyatlar bo‘ldi. Gohida esa darvozabonlar mahoratini ko‘rsatdi. “Qizilqum” tarkibida Farhod Bekmuratov, Dilshod Komilov, Fayzulla Jumanqo‘ziev singari futbolchilar ancha faolligi bilan ajralib turdilar.

Garchi jamoalar gol urishga urinishmasin darvozalar daxlsiz qoldi.

“Qizilqum” – “Samgurali” – 0:0.

14 fevral. Antaliya. “Kremlin” maydoni.

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Maksim Nexochin, Islom Nosirov

Zaxira hakami: Nayim Qosimov.

“Qizilqum”: Sanjar Quvvatov, Dushan Miyich, Ilhom Vahobov, Shaxzod Rahmatullaev, Jaba Jigauri, Diyor Rahmatulloev, Dilshod Komilov, Farhod Bekmuratov, Alan Mashovich, Nikola Kumburovich, Roman Papariga.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Farhod Rahmatov, Murodali Usmonov, Fayzulla Jumanqo‘ziev, Sulton Rahmatov, Davron Anvarov, Ilhom Kenjaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!