UEFA "Real"ning apellyatsiyasini rad etib, 3 futbolchisini jazoladi!

  • 8 iyul, 01:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, "Real Madrid" klubining 4 aprelda qabul qilingan qarorga qilgan apellyatsiyasi rad etildi. Shu tariqa, Kilian Mbappe, Antonio Ryudiger va Dani Sebalosga nisbatan qo‘llangan jazolar o‘z kuchida qoldi.

Tecno

Aprel oyida UEFA mazkur futbolchilarni Chempionlar ligasidagi "Atletiko"ga qarshi o‘yinda muxlislarni qo‘zg‘atish va noma’qul xulq atvori uchun aybdor deb topgan edi.

Qarorga muvofiq:

Antonio Ryudiger 40 ming evro jarimaga tortilishi va shartli ravishda bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi.

Kilian Mbappe 30 ming evro jarima hamda shartli bir o‘yinlik diskvalifikatsiya olishi.

Dani Sebalos esa 20 ming evro miqdorida jarima to‘lashi belgilangan.

Shu bois, UEFA barcha jazolarni o‘z kuchida qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!