“Siti”ga 170 million evroga superfutbolchini berishmadi! Savdo 250 million funtdan boshlanadi

  • 30 iyul, 08:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” jahon futboli tarixida eng katta transferga sababchi bo‘lmoqchi. “Aristokratlar” etakchisi Koul Palmer uchun “Manchester Siti” taklif qilgan 170 million evro kamlik qildi.

Tecno

London klubi rahbariyati Palmerni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klublar kamida 250 million funt (338,5 million evro) taklif bilan murojaat qilishi lozimligini uqtirib qo‘ydi.

Qizig‘i shundaki, 23 yoshli futbolchi aslida “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblagadi. Hujumkor futbolchiga Xosep Gvardiola asosiy tarkibdan muqim joy topib berolmagach, “shaharliklar”ni  uni 2023 yilning yozida 47 million evro evaziga “Chelsi”ga sotib yuborgan edi.

Yangi jamoada Palmerning yangi qirralari ochilib ketdi. Qisqa fursatda “Chelsi” etakchisiga aylangan o‘yinchini Evropaning grand klublari so‘ray boshladi.

“Chelsi” esa, uni faqat rekord darajadagi summaga qo‘yib yuborishini ta’kidlayapti. Hozircha, jahon futbolidagi rekord transfer 2017 yili qayd etilgan. O‘shanda “Pari Sen-Jermen” braziliyalik yulduz Neymar uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!