
Mashhur insayder Fayzullaevning transfer shartlarini aytdi
O‘zbekiston terma jamoasi hujumkor yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev TsSKAdan "Istanbul Bashakshehir"ga o‘tdi. Rossiyalik mashhur insayder Ivan Karpov o‘zining "Insayd ot Karpa" telegram-kanalida xabar berishicha, 21 yoshli Fayzullaevning transfer summasi 7,5 million evroni tashkil etgan. Bundan tashqari, klublar o‘rtasidagi kelishuvda TsSKA Abbosbekning keyingi transferi summasining 10 foizini olishi ko‘rsatilgan. Shartnoma esa, 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Abbosbek TsSKA safida ikki mavsum to‘p surdi. Futbolchi "armiyachilar" safida 72 ta rasmiy o‘yinda 8 ta gol va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘tgan yilgi Turkiya chempionatida "Istanbul Bashakshehir" beshinchi o‘rinni egallagan edi. Hozirda jamoa UEFA klublar o‘rtasidagi uchinchi turnir - Konferentsiyalar ligasi saralashida ishtirok etmoqda.
Fikrlar