
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi APLga qaytadi
35 yoshli sobiq "Liverpul" sardori Jordan Xenderson erkin agent sifatida "Brentford" safiga o‘tadi. Avvalroq u "Ayaks" bilan 2026 yilgacha tuzilgan shartnomani ikki tomonlama bekor qilgan edi.
"The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, Jordan Premer-ligaga qaytadi. Uning yangi klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.
Tibbiy tekshiruv va hujjat ishlari shu dam olish kunlarida yakunlanishi kutilmoqda. Ammo transfer rasman faqat keyingi hafta e’lon qilinadi — bu "Liverpul" futbolchisi Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvaning fojeali vafoti munosabati bilan hurmat ramzi sifatida kechiktirilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Brentford" Xendersonni "Arsenal"ga ko‘chib o‘tgan Kristian Nyorgorning o‘rnini bosadigan asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Klub Xendersonning maydonda ham, uning tashqarisida ham katta tajribasini juda yuqori baholamoqda.
Fikrlar