
Rodrigo Ronalduning taklifini rad etdi. Asosiy maqsad APLmi?
Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubidan tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda jurnalist Sebasten Vidal xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu braziliyalik vingerni jamoaga taklif qilishda juda faol bo‘lgan, ammo Rodrigoning maqsadi boshqa – u Angliya Premer-ligasida to‘p surishni xohlamoqda.
Ayni paytda "Liverpul" vingeri Luis Dias jamoani tark etishi mumkin. Agar bu sodir bo‘lsa, mersesaydliklar Rodrigoni jamoaga jalb qilish uchun rasman taklif bilan chiqishlari ehtimoldan xoli emas.
Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" hujumchisiga Londonning "Arsenal" va Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" klublari ham futbolchi atrofidagi vaziyatni jiddiy kuzatmoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Rodrigo barcha musobaqalarda 54 uchrashuvda ishtirok etib, 14 gol va 11 assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 90 million evro deb baholagan.
Fikrlar