"Chelsi" "Barselona" qiziqayotgan hujumchining narxini 115 million evro deb belgiladi

  • 12 iyul, 00:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Daily Mail" nashrining xabariga ko‘ra, "Milan"dan qiziqishlar fonida "Chelsi" hujumchisi Nikolas Jeksonni sotishga shoshilmayapti. 

Tecno

Londonliklar 24 yoshli senegallik futbolchini 100 million funtga baholamoqda. Bu esa uni osonlikcha qo‘yib yubormasligidan darak beradi, garchi jamoa hali ham hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi futbolchi izlashda davom etayotgan bo‘lsa ham.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, bu narxni hali hech qaysi jamoa to‘lamoqchi emas. Shu sababli, qiziqayotgan klublar ham muzokaralarni to‘xtatgan.

Eslatib o‘tamiz, "aristokratlar" Jeksonni ikki yil avval "Vilyarreal"dan 32 million funtga sotib olgandi.

Ma’lumot o‘rnida, futbolchi o‘tgan mavsum APLda 30 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!