Flik qaysi pozitsiyaga futbolchi olib kelmasligini aytdi

  • 17 iyul, 16:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Kataloniya klubi yarim himoya chizig‘ini yangi futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi emasligini ma’lum qildi.

Tecno

 "Barselona" yarimhimoya chizig‘i haddan tashqari yuklangan. Agar bizga yangi futbolchi kelsa, u yarim himoyachi bo‘lmasligi aniq", - deya Flikning so‘zlarini keltirdi Mundo Deportivo.

Flik 2024 yilning may oyidan buyon "Barselona" bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda. O‘tgan mavsumda uning jamoasi La Liga chempionligi, Ispaniya kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borgan va u erda Milanning "Inter" klubiga imkoniyatni boy bergan edi. Amaldagi shartnomaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis 2027 yilga qadar "Barselona"ni boshqaradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!