"Manchester Yunayted" vanihoyat markaziy hujumchi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

  • 30 iyul, 21:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi Benyamin Sheshkoni transfer qilish uchun muzokaralarni boshladi. "TalkSPORT" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, klub delegatsiyasi Germaniyaga yo‘l olgan va "RB Leyptsig" rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Tecno

22 yoshli sloveniyalik hujumchining transferi MYu skautlar boshlig‘i Kristofer Viviel tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shuningdek, klubning futbol bo‘yicha muzokaralar direktori Mett Xargrivz bir necha kun oldin Germaniyaga etib borgan. Sababi – "Nyukasl" ham Sheshkoni sotib olishdan manfaatdor va tez harakat qilish talab etiladi.

"Leyptsig" avvalroq hujumchini 80 million evrodan ko‘proqqa baholagan. Ammo "Manchester Yunayted" ham, "Nyukasl" ham transfer taxminan 70 million evro atrofida amalga oshishi mumkin deb hisoblamoqda.

Sheshko — manchesterliklar uchun hujum chizig‘ini kuchaytirishga nomzod qilib ko‘rilayotgan ikki futbolchidan biri. Ikkinchi nomzod — "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkins. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh murabbiy Ruben Amorim aynan Uotkinsni tanlashni istagan, biroq klub uni sotish niyatida emas.

Shu bilan birga, "qizil iblislar" angliyalik futbolchi uchun ham rasmiy taklif berish imkoniyatini inkor etmayapti. Klub ichida tajribali APL futbolchisigami yoki katta salohiyatga ega yosh hujumchigami ustuvorlik berish haqida tortishuvlar davom etmoqda.

"TalkSPORT" jurnalisti Ben Jeykobsning ta’kidlashicha, Germaniyaga etib borish orqali "Yunayted" Sheshko bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!