Mayk Tayson: "Aleksandr Usik - og‘ir vaznda ayni paytdagi eng zo‘r bokschi"
Boks afsonasi, 59 yoshli Mayk Tayson og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik haqida gapirdi.
"Siz xohlaganingizni ayting, lekin Usik ayni paytda og‘ir vazndagi eng kuchli bokschi. Uni hech kim enga olmaydi", - deya Taysonning so‘zlarini keltirdi "Hard Rock".
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik so‘nggi jangi 20 iyul kuni Londonda o‘tkazib, britaniyalik Daniel Dyubuani beshinchi raundda nokautga uchratdi.
Fikrlar