Arne Slot "Liverpul" rahbariyati bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot klub rahbariyati bilan munosabatlari haqida izoh berdi.
"Biz jamoadagi hamma bilan umumiy qarashlarga egamiz. Men Richard va Maykl haqida gapiryapman. Ko‘z o‘ngimizda nimalar bo‘layotganini hamma ko‘rib turibdi. Nima bo‘layotganini hammamiz tushunamiz va buning sabablarini ko‘rib turibmiz", - deya Slotning so‘zlarini keltirdi jurnalist Fabristio Romano.
Ma’lumot uchun, Slot jamoasi APLning bu turini o‘z uyida "Fulxem"ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi.
Fikrlar