Chempionlar ligasi gʻolibi oldindan aniqlandi

  • 16.04.2026 10:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Opta superkompyuteri 2025-2026 yildgi Chempionlar ligasi mavsumida chorak final bosqichlari yakunlari bo‘yicha nufuzli turnirda qaysi jamoa g‘olib chiqishini prognoz qildi.

Bu haqida Opta Analyst xabar qildi.

16 aprel holatiga ko‘ra, Opta versiyasi bo‘yicha Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish ehtimollari quyidagicha taqsimlangan:

«Arsenal» (Angliya) — 38,6%;
«Bavariya» (Germaniya) — 33,3%;
«Pari Sen-Jermen» (Fransiya) — 19,1%;
«Atletiko» Madrid (Ispaniya) — 9%.

UEFA Chempionlar ligasi yarim finallarida musobaqaning amaldagi g‘olibi «Pari Sen-Jermen» Bundesliga yetakchisi «Bavariya» bilan o‘ynaydi, Madrdning «Atletiko» jamoasi esa joriy mavsum favoriti sifatida e’tirof etilayotgan «Arsenal» bilan raqobatlashadi.

Yarim finalning ilk o‘yinlari 2026 yil 28 va 29 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yinlari 5 va 6 may kunlariga belgilangan.

Yevropaning asosiy klub musobaqasi finali Vengriya poytaxti Budapeshtda 30 may kuni tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!