AIBA: Tokio Olimpiadasida vazn toifalari va bokschilar soni qisqartiriladi

  • 4 noyabr, 2018, 14:39
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Moskvada (Rossiya) o‘tgan Xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasi (AIBA) kongressida Tokio shahri mezbonlik qiladigan 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun yangi vazn toifalari taqdim etildi.

Tecno

AIBA texnik komissiyasi boshlig‘i Pet Fiakoning so‘zlariga ko‘ra, Tokio erkaklar 8 ta ayollar 5 ta vazn toifasida ishtirok etishadi. Vaznlar bilan tanishing: Erkaklar – 52 kilogramm, 57, 63, 69, 75, 81, 91 va +91 kilogramm. Olimpiadada 214 nafar bokschi qatnashadi.

Ayollar Olimpiadada besh vazn toifasida – 51 kg, 57 kg, 60 kg, 69 kg va 75 kg.da kurash olib borishadi. Jami Olimpiya o‘yinlarida 72 sportschi qatnashadi.

Shuningdek, professional bokschilarning ham ushbu turnirdagi ishtirokchilari soni qisqartirildi. Olimpiya o‘yinlariga saralash bahslaridan ularning soni 15 nafardan oshmasligi belgilangan.

Bundan tashqari Moskvadagi AIBA kongressida Butunjahon boks seriyalari (WSB)da ishtirok etuvchilarga Olimpaida litsenziyasi berilishi mumkin.

Shunday esa endi WSBning IX va X mavsumlarida ham yangi Olimpiada vazn toifalari qo‘llaniladi. Endi bokschilar engil vaznda – 52 kg, 57 kg, 63 kg, 69 kg, va shuningdek, og‘ir vaznlar –  75 kg, 81 k, 91 kg, +91kg ringga chiqishadi. Har bir jamoa qatnashish uchun shulardan birini yoki ikkilasini tanlashlari mumkin.

2020 yilgi Olimpiadaga bokschilarning WSB IX va X mavsumdagi individual reytingi asos qilib olinadi. X mavsum yakunida AIBA va WSB har bir davlat uchun so‘nggi saralash o‘rinlarini e’lon qiladi.

2019 yilgi WSB mavsumida Olimpiya o‘yinlari uchun 32 ta yo‘llanmasi o‘ynaladi. Bu umumiy ishtirokchilarning 10%ini tashkil qiladi. Agar yo‘llanmani mamlakat foydalanmagan taqdirda u bokschining keyingi reytingiga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, kongressda o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti etib tayinlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!