BOKS. “Qirollik divizioni”da nimalar yuz bermoqda yoxud yangi avlod vakillari “taxt”ni egallab bo‘lishdi

  • 30 sentabr, 2018, 19:59
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Professional boks olamining “qirollik divizioni”da yangi avlod vakillari etishib chiqa boshladi va bu so‘nib borayotgan qiziqishni yana uyg‘onishiga sabab bo‘lmoqda. Hozirga kelib biz bir vaqtlar super og‘ir vazn toifasining gullab-yashnagan vaqtidagi nomdor vakillaridan biri rossiyalik Aleksandr Povetkin 22 sentyabr kuni britaniyalik Entoni Joshua imkoniyatni boy berib, deyarli chempionlik uchun kurashdane chiqib keldi. Endi maydonga yangi avlod vakillari amerikalik Deontey Uaylder va Tayson Fyuri chiqib kelmoqda. Ular dekabr oyida o‘zaro hisob-kitob qilib olishadi.

Keling, jahon professional boksining ushbu vazndagi holati haqida gaplashamiz.

Yaqin o‘tmishga nazar

Ko‘p yillik jahon chempionlari ukrainalik Vitaliy va Vladimir Klichko ringni tark etgandan so‘ng, ba’zan “qirollik divizioni” deb ataladigan superog‘ir (+200 funt, yoki +90,719 kg) yangi davr boshlandi. Vitaliy 2013 yili boksni tark etgan bo‘lsa, Vladimir o‘tgan yili faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Kichik Klichko 2015 yili iyulda britaniyalik Tayson Fyuriga uchta jahon chempionligi kamarlari (WBA, IBF va IBO)ni qaytarish harakat qilib, “tumanli albion”ning boshqa bir vakili Entoni Joshua bilan kuch sinashdi.

Klitschko_1

Biroq uzoq kutilgan va murosasiz qarama-qarshilik 2017 yil aprelida bo‘lib o‘tdi va ko‘pchilik tomonidan eng yaxshi bokschi deb e’tirof etilgan Klichko muddatidan oldin mag‘lub bo‘ldi. Ularning revansh jangi borasida esa kelishuvga erishilmadi.

Shunday qilib, Tayson Fyurining “ta’tili”dan foydalanib, Joshua chempionlik kamarlarini yig‘ib oldi. 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Joshua chaqqonlik bilan professional boks elitasida ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi. 2016 yil boshida u bir kunlik chempion amerikalik Charlz Martindan kamarni tortib oldi, keyin Klichko taslim qilindi va birdaniga uchta chempionlik kamarlari sohibiga aylandi. Joriy yilning 31 martida esa Yangi Zelandiya vakili Jozef Parker mag‘lub etilib, WBO kamarini qo‘shib qo‘ydi.

Joshua vs Parker

Vitaliy Klichko ketganidan so‘ng WBC versiyasi bo‘yicha jahon chempionligiga avvaliga kanadalik Bermeyn Stivern egalik qildi, keyin undan amerikalik Deontey Uaylder kamarni tortib oldi. Super og‘ir vazn toifasining har bir chempioni bir necha martadan himoya janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Uaylder 7ta, Joshua esa 5 marta.

Hozirgi qo‘shhokimlik

Shunday qilib, ayni damda super og‘ir vazn toifasi divizionida qo‘shhokimlik yuzaga keldi. Joshua bugunga qadar faqatgina himoya janglari bilan cheklanib qolmasdan, kamarlarni birlashtiruvchi janglarni ham o‘tkazdi, biroq Uaylder uni bir necha marta kuchli raqiblar bilan uchrashishdan qochishda ayblab kelmoqda.

Joshua vs Wilder_1

Ammo joriy yilning 3 martida u anchayin jiddiy raqib va chempionlik kamarlariga asosiy da’vogarlardan engilmas kubalik Luis Ortis bilan to‘qnashdi. Dramatik to‘qnashuvda Deontey mahorat va barqarorlik ko‘rsatdi hamda muddatidan oldin zafar quchli. Nokaut 10-raundda qayd etildi.

Jahon reytinglari

Agar hozirgi boks olamining eng mashhur internet-portallari top-5 reytinglarini (super og‘ir vaznda) kuzatadigan bo‘lsak, deyarli bir xillikka ko‘zimiz tushadi.

The Ring Magazine

1. Entoni Joshua (Buyuk Britaniya)
2. Deontey Uaylder (AQSh)
3. Aleksandr Povetkin (Rossiya)
4. Luis Ortis (Kuba)
5. Dillian Uayt (Buyuk Britaniya)

ESPN.com
1. Entoni Joshua
2. Deontey Uaylder
3. Aleksandr Povetkin
4. Luis Ortis
5. Dillian Uayt

Boxrec
1. Entoni Joshua
2. Deontey Uaylder
3. Aleksandr Povetkin
4. Toni Bellyu
5. TaysonFyuri

Transnational Boxing Rankings Board
1. Entoni Joshua
2. Deontey Uaylder
3. Dillian Uayt
4. Luis Ortis
5. Aleksandr Povetkin

World Boxing News
1. Entoni Joshua
2. Deontey Uaylder
3. Tayson Fyuri
4. Aleksandr Povetkin
5. 
Kubrat Pulev

Birinchidan, Joshua va Uaylderning so‘nggi janglaridagi Parker va Ortis singari raqiblari shubhasiz, chempionlikka asosiy da’vogarlar deya tan olinib kelinayotgan edi (hozir ham shunday). Ko‘pchilik mutaxassislar, jurnalistlar va oddiy boks muxlislari ularni super og‘ir vaznning eng vakillari deb bilishadi. To‘g‘ri, Joshuaga qarshi jangdan so‘ng Parker yana bitta muper jang o‘tkazdi. Top bokschi britaniyalik Dillian Uayt ochkolar bo‘yicha undan ustun kelib, Parkerning top-5 reytingdan tushib ketishiga sababchi bo‘ldi.

Ikkinchidan, Joshua barcha reytinglarda №1 sifatida e’tirof etilayotgan bo‘lsada, yana alohida aniqlayotgan faktlar ham bor. Masalan, The Ring jurnali joriy yil fevral oyida uzoq vaqt jang qilmaganligi uchun Tayson Fyuridan chempionlik kamarlari tortib olindi, biroq jahon boksidagi eng nomdor nashrning jurnalistlari bu kamarlarni Joshua va Parker jangiga qo‘yishmadi. Ular buning uchun reytingdagi №1 va №2 raqamli bokschilar kurash olib borishlari kerakligi bilan izohlashdi, №1 va №3 emas.

Tayson Fyuri qaytmoqda

Shuningdek, mutaxassislar e’tiborini so‘nggi oylarda yana bir super og‘ir vazn toifasining nomdor vakili o‘ziga qaratmoqda. U aynan ushbu vaznda 5 ta chempionlik tituliga egalik qilgan va deyarli 2,5 yillik tanaffusdan so‘ng faoliyatini tikladi. Turli sabablarga ko‘ra, britaniyalik bokschi oldiniga Vladimir Klichkona revansh jang uchun imkoniyat bermadi, keyin faoliyatini tugatganini ma’lum qildi. Yana narkotiklar, doping, semizlik va uning ruhiy holati uning vaqtliroq ringga qaytishiga xalaqit qilib keldi.

Tyson Fury

Franchesko Pyanettani mag‘lub qilgandan so‘ng Taysonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yana ortdi. U shu yili hamon sayyoramizdagi eng yaxshi bokschi ekanligini isbotlash uchun o‘ziga nomdor raqib tanladi. Deoytey Uaylder. Aslida amerikalik bokschi kamarlarni birlashtiruvchi mega jangda Joshua bilan uchrashishni maqsad qilgan edi, ammo jang kelasi yilga qoldirildi. Fyuri esa Uaylderni mag‘lub qilib, ushbu “mega jang”ni to‘xtatib qolmoqchi. Fyuri va Uaylder jangi 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. G‘olib Joshua bilan kuch sinashadi.

Ikkinchi eshelon

Ayni damda super og‘ir vazn toifasida jahon chempionligi kamarlarini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan bir qator bokschilar bor. Ular orasida buning uddasidan chiqqanlari ham yo‘q emas (Kubrat Pulev, Endi Ruis, Xyu Fyuri, Dominik Brizil, Brayant Jennings, Derek Chisora, Karlos Takam) va boshqalari esa kelajakda buni o‘z oldilariga ulkan maqsad qilib qo‘ygan – Jarrell Miller, Dillian Uayt, Adam Kovnatskiy, Agit Kabayel. Yana bir nechtalarining – Deniel Dyubua, Toni Yoka, Jo Joys, Filipp Xrgovich, Sergey Kuzmin, Jang Jiley, Bogdan Dinu, Aleksandr Teslenko va boshqalar  – imkoniyatlarini mutaxassislar yuqori baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!