Professional bokschimiz tajribali bokschiga qarshi ringga chiqadi

  • 05.02.2018 15:44
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional bokschimiz Ravshanbek Umurzoqov o‘zining professional ringdagi ikkinchi jangini 10 fevral kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o‘tkazadi. Jang 8 raund qilib belgilangan.

Tecno

Mazkur jangda unga tajribali mezbon bokschisi Rustam Nugaev raqiblik qiladi. Bu bokschi professional ringda salkam 17 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Shu vaqtga qadar 38 ta jang o‘tkazib, shulardan 29 tasini g‘alaba (19 nokaut) bilan yakunlagan bo‘lsa, yana 8 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. U so‘nggi marta o‘tgan yilning mart oyida ringga chiqib, kolumbiyalik Dayner Berrioga mag‘lub bo‘lgan.

Ravshanbek Umurzoqov uchun bu jang faoliyatidagi ikkinchisi bo‘ladi. Birinchi to‘qnashuvda u rossiyalik Evgeniy Smelov bilan kuch sinashib, raqibini texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!