Artem Lobov: Xabib Makgregorga revansh imkoniyatini berishi kerak

Konor Makgregor jamoadagi jangchilardan biri Artem Lobov irlandiyalik sportchining UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bilan revansh jang o‘tkazishga haqli ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Buni kechiktirib bo‘lmaydigan revansh jang deb o‘ylayman, – deya Lobovning so‘zlarini keltiradi MMAJunkie nashri. – Konor sababli UFC ko‘p ishlab oldi. Xabib ham oldingilardan ko‘proq pul oldi. Shunday ekan nima uchun unga revansh imkoniyatini bermasligi kerak?

– Konor har doim janglarni qabul qiladi, garchi tez-tez raqiblarni almashtirsa ham. U bunga e’tibor bermaydi va shunchaki jangni oladi. Haqiqiy jangchi. Jangchilar jangchisi. Haqiqiy erkak. Shuning uchun unga bu jangni bering.

– Buning uchun yaxshi mashg‘ulotlar lageri kerak. Xabib – jiddiy raqib. Konor ko‘p xato qildi. Ularni to‘g‘rilash zarur.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!