Nursulton Ro‘ziboevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Nursulton Ro‘ziboev o‘zining navbatdagi jangini 14 aprel kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazadi.

Tecno

“ALASH PRIDE” Gran-pri turniri doirasida u 77 kg vazn toifasida qozog‘istonlik Sultan Kiyalov (3-1-0) bilan kuch sinashadi. Shuningdek, ikkinchi yarim final juftligida qirg‘izistonlik Aktilek Jumabek uulu hamda tojikistonlik engilmas jangchi Artur Odilbekov o‘zaro to‘qnash kelishadi. Mazkur juftliklar g‘oliblari may oyida final bahsida uchrashishadi.

Nursulton “Black” Ro‘ziboev ayni damda Gran-pri favoriti sifatida e’tirof etilmoqda. U o‘tgan yili 9 ta jang o‘tkazishdi va shulardan bittasida mag‘lub bo‘lgan. Qolgan barcha janglarni muddatidan oldin yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda Nursulton WMMAA (Koreya 2016) va “Jekpe jek” bo‘yicha Osiyo chempioni, “Legion FC” kamari sohibi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Nursulton Ro‘ziboev ayni damda bo‘lajak jangga tayyorgarlikni Tailandda o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!