
10 ta gol o‘tkazgan darvozabon zarba qaytarish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
“Rostov”ning 17 yoshli darvozaboni Denis Popov “Sochi” qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda o‘nta gol o‘tkazganiga qaramay, zarbalarni qaytarish bo‘yicha Rossiya premer-ligasining rekordini o‘rnatdi.
Premer-liga bahslarida ilk marotaba maydonga tushgan Denis Popov jamoasini 15 ta vaziyatda goldan qutqarib qoldi. Bu yangi rekord sifatida qayd etildi.
Avvalgi rekord 13 ta seyvdan iborat edi.
Fikrlar