Anastasiya Potapova musobaqani g‘alaba bilan boshladi

Rossiyalik tennischi Anastasiya Potapova Budapesht shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasiga yo‘l oldi.

Anastasiya mazkur turnirning birinchi davrasida britaniyalik Xizer Uotsonni 6:4, 2:6, 7:6 hisobida taslim qildi.

Endi "Hungarian Ladies Open" musobaqasining navbatdagi bosqichida Potapova germaniyalik Andreya Petkovich bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!