Aleks Perreyraning sobiq qaylig‘i tahdidlarga javob qaytardi

  • 01.09.2026 21:43
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli UFC jangchisi Aleks Perreyraning sobiq qayligʻi Merle Kristin ilk bor oʻzining yangi yigʻitini koʻrsatdi va shu bilan birga uni bezovta qilishda davom etayotganlarning barchasiga javob berdi.

"Umuman olganda, yana kimgadir ishonishim va kimnidir sevib qolishim mumkinligini bilmasdim. Biroq sen menga xavfsizlik va xotirjamlik hissini berding. Sen meni tushunas an.

Deyarli uch yil oʻtdi, lekin men hali ham internetda taʼqiblarga chidashim kerak, hatto mening postlarim umuman MMA haqida boʻlmasa ham.

Hayotda koʻrmagan va bilmagan odamni ilohiylashtirib, keyin boshqa odamni zaharlashga qaror qilgan insonlarni hech qachon tushunmayman. Menga hali ham tahdid va haqoratlar kelmoqda", - deya yozib qoldirgan.

Qiziqarlisi esa Iliya Topuriyaning sobiq rafiqasi Jorjina Uzkategi ushbu postga "like" (layk) bosdi...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!