Angliya terma jamoasini havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan jihozlangan harbiy ekspertlar qo‘riqlaydi
Angliya terma jamoasi kelgusi yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yildgi jahon chempionati davomida josuslikdan qochish uchun harbiy ekspertlar va uchuvchisiz uchish apparatlarini bostirish tizimlari himoyasi ostida mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqida The Sun nashri xabar berdi.
Terma jamoaning mashg‘ulot bazasi Kanzas-Sitisda bo‘ladi, shahar ma’muriyati boshqa jamoalar tomonidan josuslikka qarshi xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqchi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, politsiyachilar dronlarni bostirish uchun dron-zambaraklar bilan qurollantiriladi. Rasmiylar boshqa qurilmalarni tarmoqlar bilan zararsizlantiradigan ovchi dronlardan foydalanish orqali bo‘lajak turnirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarning oldini olishga umid qilmoqda.

Fikrlar