Asilbek Jalilov keyingi bosqichga yo‘l oldi

  • 03.12.2024 13:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Ayni vaqtda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etyapti.

Bugungi kun doirasida, 51 kg da ishtirok etayotgan Asilbek Jalilov Mo‘g‘iliston vakili Davadorj Likhagvadorj bilan o‘zaro jang qildi. To‘liq 3 raund mobaynida raqibidan ko‘ra aniqroq harakat qilgan bokschimiz yakunda ochkolar evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir hamyurtimizning jangi kutib turibdi. 63 kg dagi bokschimiz Dilfuza Bekova qozog‘istonlik Aida Abikeevaga qarshi kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!