Banashak "Paxtakor" tarixiga kirdi

  • 3 avgust, 2022, 15:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polshalik hujumchi O‘zbekiston chempionatida "Paxtakor" uchun to‘p kiritgan yigirma oltinchi chet ellik o‘yinchiga aylandi.

Shuningdek, u "sherlar" va Superligada o‘ynagan hamda to‘p kiritgan birinchi polshalikka aylandi. Endilikda "Paxtakor" safida gol urgan legioner futbolchilar soni 26 nafarga etdi.

Ular 15 mamlakat fuqarolari sanaladi. Eng ko‘p gol urgan xorijlik o‘yinchilar Chernogoriya va Serbiyadan hisoblanadi. Shuningdek, uch nafar Braziliya fuqarolari "Paxtakor" uchun O‘zbekiston chempionatida to‘p kiritishga erishgan.

Eng ko‘p gol ayni paytda toshkentliklar sharafini himoya qilayotgan Dragan Cheran hisobiga yozilgan. U 70 ta to‘p muallifiga aylangan. Ixeruome Uche hisobida 30 gol mavjud. Gochguli Gochguliev, Kaxi Maxaradze va Tiago Bezerra 20tadan ortiq gol urgan.

 

Manba: "Paxtakor" PFK matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!