“Barsa” haydayotgan futbolchining xaridori ko‘payib ketdi

  • 5 iyul, 2024, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati moliyaviy ahvoldan kelib chiqib, ayrim o‘yinchilarni sotib yuborishiga to‘g‘ri kelmoqda. Aks holda klub yangi bosh murabbiy Xans-diter Flik so‘ragan boshqa ijrochilarni jamoaga taklif qila olmaydi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar frantsiyalik legioner Kleman Langledan tezroq qutilishga harakat qilmoqda.

Frantsiyalik futbolchini o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lgan jamoalar soni ortib boryapti. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tajribali o‘yinchini “Napoli”, “Vest Xem” va “Sevilya” kabi klublar o‘ziga chorlamoqda.

Ayniqsa, “Napoli”ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte klub xo‘jayinlaridan Kleman Langleni olib kelishni so‘rayapti.

“Vest Xem” va “Sevilya” esa, himoyachi maoshining bir qismini to‘lagan holda, uni bir mavsumga ijaraga olmoqchi. Bu talab “Barselona” vakillarini qoniqtirmayapti.

Kataloniyaliklar bir necha mavsumdan beri asosiy tarkibga kira olmayotgan Langle bilan shartnomani bekor qilib, unga erkin agent maqomini bermoqchi. Biroq futbolchi bu variantga ko‘ngani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!