
Felisiano Lopes antirekord o‘rnatishi mumkin
Ispaniyalik tennischi Felisiano Lopes faoliyatidagi mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha rekordni takrorlash arafasida turibdi.
Xozirgi kungacha, Felisianoni mag‘lubiyatlar soni 443 taga etgan (g‘alabasi 485 ta). Agar Lopes yana bir bor mag‘lub bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi - frantsiyalik sobiq tennischi Fabriss Santoroga etib oladi. Fabriss faoliyati davomida 444 ta g‘alaba va 444 ta mag‘lubiyatga uchragan.
38 yoshli Lopes 2018 yil oxirida professional faoliyatini yakunlashni rejalashtirgan edi, ammo yakunda unday bo‘lmadi. 2019 yilgi mavsumda u xozircha 36 ta o‘yin o‘tkazib, 19 bor g‘alaba qozongan.
Fikrlar