
Frenki de Yong “Barsa”ga muhim yangilik aytdi
Niderlandiyalik pleymeyker Frenki de Yong kelajagi borasida bir to‘xtamga keldi. Ispaniya chempionatida eng katta maosh olayotgan bu o‘yinchining faoliyati qaerda davom etishi mavhum bo‘lib turgandi.
Chunki iste’dodli futbolchi klub taklifiga qaramay, o‘zaro hamkorlikni uzaytirishga ko‘nmayotgan, buning oqibatida kataloniyaliklar uni sotuvga qo‘yishga qaror qilgandi.
Relevo nashrining ma’lum qilishicha, Frenki de Yong “Barselona” xo‘jayinlariga klubda qolishga qaror qilganini aytdi.
Bu muhim yangilikdan keyin ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar qayta jonlandi. Uning amaldagi kelishuvi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.
Frenki kataloniyaliklar safida 2019 yildan beri to‘p tepadi. Shu paytga qadar barcha turnirlarda 218 marotaba maydonga tushib, 17 ta gol va 22 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar