
"Jenoa" ustozi Shomurodovdan kam maosh oladi! A Seriya murabbiylarining yillik maoshlari e’lon qilindi
"La Gazette dello Sport" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, A Seriyada ishtirok etuvchi jamoalar orasida "Inter" o‘z bosh murabbiyiga eng ko‘p haq to‘laydi. Italiyalik mutaxassis Antonio Konte yiliga 12 mln evro ishlab topadi va bu ko‘rsatkich uning eng yaqin ta’qibchisidan 9,5 mln evroga ko‘p. Quyida eng katta maosh oluvchi murabbiylar o‘nligi bilan tanishishingiz mumkin:
1. Antonio Konte "Inter" - 12 mln evro;
2. Paulu Fonseka "Roma" - 2,5 mln evro;
3. Jan Pero Gasperini "Atalanta" - 2,2 mln evro;
4-6. Simone Inzagi "Latsio" - 2 mln evro;
4-6. Sinisha Mixaylovich "Bolonya" – 2 mln;
4-6. Stefano Pioli "Milan" – 2 mln;
7-8. Andrea Pirlo "Yuventus" – 1,8 mln;
7-8. Klaudio Raneri "Sampdoriya" – 1,8 mln;
9-11. Eusebio Di Franchesko "Kalyari" – 1,5 mln;
9-11. Jennaro Gattuzo "Napoli" – 1,5 mln;
9-11. Marko Jampaolo "Torino" – 1,5 mln.
Eldor Shomurodov ko‘chib o‘tgan "Jenoa" klubi bosh murabbiyi Rolando Maran yiliga 850 ming evro maosh oladi. Hamyurtimizning yillik maoshi esa 1,3 mln evroga teng.
Fikrlar