Jokovich hech kimni ayab o‘tirmaydi
Buyuk Britaniyaning London shahrida Professional tennischilar uyushmasining - ATR yakuniy chempionatining Ivan Lendl guruhidagi bahslar nihoyasiga etdi.
Ushbu guruhdagi uchinchi tur uchrashuvida bungacha ikkita o‘yinni boy bergan frantsiyalik Gael Monfis peshqadam tennischi serbiyalik Novak Jokovich bilan kuch sinashishi lozim edi. Biroq, mazasi qochgan Monfis o‘z o‘rnini belgiyalik David Goffenga bo‘shatib berdi.
Biroq Belgiya vakili ham Novak Jokovichni to‘xtata olmadi. Uchrashuvda 6:1, 6:2 hisobida zafar quchgan serbiyalik tennischi birinchi bo‘lib yarim finalga yo‘llanma oldi.
Guruhdagi ikkinchi yo‘llanma taqdiri bittadan g‘alaba va mag‘lubiyat qayd etgan Kanada vakili Milosh Raonich va avstriyalik Dominik Tim o‘rtasidagi uchrashuvda hal bo‘ldi. Unda kanadalik raketka ustasi 7:6, 6:3 hisobida g‘alaba qozonib, pley-offga yo‘l oldi.
Fikrlar