
Jotaga "Al-Ittihod" klubi qiziqish bildirmoqda
"Seltik" hujumchisi Jota faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali malum qildi.
Jurnalistning xabariga ko‘ra, futbolchiga "Al-Ittihod" klubi qiziqmoqda. Tomonlar allaqachon muzokaralar olib borgan.
O‘tgan mavsumda Jota jamoasi safida 43 ta uchrashuv o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 12 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt"da futbolchining narxi 13 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar