"Liverpul"da Milnerdan so‘ng 7-raqamni kim egallashi aniq bo‘ldi

  • 26 iyun, 2023, 16:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Luis Dias 2022 yilning yanvar oyida "Liverpul"ga o‘tgandan so‘ng, 23-raqamni qo‘lga kiritdi. Bir yarim yildan so‘ng kolumbiyalik futbolchi o‘z raqamini o‘zgartirishga qaror qildi. Mersisaydliklar klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, endi Diasning formasida 7-raqam bo‘ladi.

Tecno

Avvalroq, "Liverpul" uchun ettinchi raqam ostida Jeyms Milner o‘ynagan. U shartnomasi tugashi sababli klubni tark etdi va endi "Brayton"da o‘ynaydi.

"Qizillar" muxlislari Luis Diasning 23 raqamli futbolkalarini klub do‘konidan sotib olgan holda ularni yangi 7 raqamli futbolkalarga bepul almashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!