
"Nasaf" Akmal Shorahmedovni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi
Qarshining “Nasaf” klubi o‘z safiga tajribali himoyachi Akmal Shorahmedovni qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Endi “Bunyodkor” jamoasining sobiq o‘yinchisi va milliy terma jamoamiz safida ko‘plab maydonga tushgan tajribali himoyachi – qarshiliklar sharafini himoya qiladi.
Qayd etish joiz, 31 yoshli futbolchi “Bunyodkor” klubidan tashqari Oliy Liganing “So‘g‘diyona”, “Navbahor” va “Andijon” kabi jamoalari sharafini ham himoya qilgan.
Fikrlar